Rasman: Otabek Shukurov Saudiya klubiga ko‘chib o‘tdi (video)

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri, Turkiyaning “Kayserispor” klubi a’zosi Otabek Shukurov Saudiya Arabistonining “Al-Fayha” klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 28 yoshli Shukurov yangi klubi bilan 1 yillik shartnoma imzolagan. Shukurov transferi uchun saud klubi turk klubiga 400 ming yevro to‘lab berdi. 

Ma’lumot uchun, Shukurov o‘tgan mavsum Kayserispor safida jami 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, yarim himoyachining qiymati 2,2 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Otabek Shukurov Kayserispor Al-Fayha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made