Rasman: MYU Sulsherni iste’foga chiqardi

Sport

image

Norvegiyalik Ole-Gunnar Sulsher “Manchester Yunayted” futbol klubi bosh murabbiyligidan ketdi. Bu haqda ingliz jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.

Kelgusi o‘yinlarda jamoani hozircha Maykl Kerrik boshqaradi.

Sulsher 48 yoshda va 2018 yilning dekabridan buyon “Manchester Yunayted”ni boshqarib kelayotgandi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 noyabr kuni Angliya chempionatining 12-turida “Manchester Yunayted” safarda “Uotford”ga yirik 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu mag‘lubiyat jamoa uchun Angliya Premer-ligasining so‘nggi besh o‘yinidagi to‘rtinchisi bo‘ldi.

“Yunayted” norvegiyalik mutaxassis bilan uch yillik shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun taxminan 7,5 million funt kompensatsiya to‘lashi kerak. Sulsher joriy yilning avgust oyida jamoa bilan yangi shartnoma imzolagan edi. Biroq shartnomaga ko‘ra, agar u bekor qilinsa, Olega bir mavsum uchungina tovon puli to‘lanishi belgilab qo‘yilgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sul'sher MYu Maykl Kerrik

Baholaganlar

306

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing