Rasman: Mesut O‘zil “Fenerbaxche”dan ketdi

Sport

image

Turkiyaning “Fenerbaxche” futbol klubi germaniyalik yarim himoyachi Mesut O‘zil bilan shartnomani bekor qildi. Bu haqda bugun, 13 iyul kuni klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, shartnoma o‘zaro kelishuv asosida bekor qilingan. 

33 yoshli O‘zil 2021 yil yanvarida “Fenerbaxche”ga tekin transfer orqali qo‘shildi. Istambulliklar safida yarim himoyachi 36 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bungacha u Angliyaning “Arsenal”, Ispaniyaning “Real” va Germaniyaning “Chalke” va “Verder” klublarida to‘p surgan. 

Yarim himoyachi Ispaniya chempioni, Angliya kubogining uch karra sohibi, shuningdek, mamlakat Superkubogi sohibi, Ispaniya kubogi va Superkubogi sohibi hisoblanadi. U Germaniya terma jamoasi bilan 2014 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan. 

Mesut O‘zil Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini 2018 yilning yozida Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidan so‘ng yakunlagan edi. Uning bu qarorga kelishiga mundialgacha O‘zilning Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashganini nemis muxlislari va Germaniya futbol ittifoqi rahbariyatining keskin tanqid qilgani sabab bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Mesut O'zil

Baholaganlar

230

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing