Rasman. “Manchester Yunayted” Ronaldu bilan shartnomani bekor qildi

Sport

image
0:00
0:00
download

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani muddatidan avval bekor qildi. Bu haqda "qizil iblislar" matbuot xizmati xabar berdi. 

Bunday o‘zgarishlarga Ronalduning jurnalist Pirs Morgan bilan intervyusi sabab bo‘ldi. Krishtianu “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xagni, klub rahbariyati va jamoadoshlarini ochiqchasiga tanqid qildi. 

Shunday qilib, Krishtianu Ronaldu erkin agentga aylandi. Hozirda futbolchiga APL, MLS va Osiyo klublari qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Ronaldu APLda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, atigi 1 ta gol urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu MYU

Baholaganlar

229

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing