Rasman: Lola Karimova eri bilan ajrashdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
“Toshkentga keldi, buvimdan xabar olmadi”. Lola Karimovaga qizi ham “hujumga o‘tdi” north_east

“Toshkentga keldi, buvimdan xabar olmadi”. Lola Karimovaga qizi ham “hujumga o‘tdi”

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining kenja qizi Lola Karimova turmush o‘rtog‘i Temur Tillyayev bilan rasman ajrashganini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining Instagram’dagi postiga qoldirgan izohida yozgan. 

47 yashar Lola Karimova kecha, 22 iyun kuni bino liftida piyon gullar bilan tushgan suratini joylab, shunday deb yozdi: 

“O‘zimga gullar oldim. O‘zimni tanladim. Rasman ajrashdim. Va baxtliman. Oldinda chinakamiga meniki bo‘lib tuyuladigan ichki hayot bor”. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016 yilning 2 sentyabr kuni bosh miyada qayta tiklanmaydigan o‘zgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi. Uning vafotidan keyin oilaning kenja qizi Lola Karimova O‘zbekistondagi barcha lavozimlari va bizneslarini tashlab, turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan AQSHga ko‘chib o‘tdi. 

U AQSHdan turib Islom Karimov nomidagi Respublika jamoat fondini yuritmoqda. Shuningdek, “The harmonist” attorlik mahsulotlari brendiga ham asos solgan. 

Oilaning to‘ng‘ichi Gulnora Karimova bir necha ayblovlar bilan hibsda qolmoqda. Karimovning nabiralaridan Maryam Tillyayeva ham Toshkentda yashamoqda. U ota-onasi bilan munosabatlarini uzgan

Lola Karimovaning turmush o‘rtog‘i Temur Tillyayev – yirik tadbirkor. U ommaviy axborot vositalarida kam ko‘rinish berishni afzal ko‘radigan, soyadagi yirik biznes vakillaridan biri sifatida tanilgan. O‘zbekistonda uzoq yillar davomida eng yirik ulgurji savdo markazlaridan biri bo‘lgan "Abu Saxiy" bozori (va shu nomdagi xalqaro yuk tashish/logistika kompaniyasi) u bilan bog‘langan. Islom Karimovning vafotidan keyin, 2017 yil oxirida ushbu bozor boshqa egalariga o‘tgani e’lon qilingan edi.

Hozirda u asosan xorijda (AQSH va Yevropa) logistika, savdo va ko‘chmas mulk sohasidagi xalqaro biznes loyihalarini boshqaradi. 

Lola Karimova va Temur Tillyayevning ikki qiz, bir o‘g‘li bor. To‘ng‘ich qiz – Maryam Tillyayeva 2021 yil rossiyalik bloger Amiran Sardarov bilan turmush qurgan va 2023 yil u bilan rasman ajrashgan edi


Maqola muallifi

Teglar

Islom Karimov Lola Karimova-Tillyaeva Timur Tillyaeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing