Rasman: Qurbon hayiti 11 avgust kuni nishonlanadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi hujjatga imzo qo‘ydi. Unga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2019 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 11 avgust, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olingan.

Qarorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Qurbon hayitining joylarda yuqori saviyada, milliy va diniy an’analarga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Hayit

Baholaganlar

94

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing