Angrenda ota o‘z farzandini kaltakladimi? (video)

Jamiyat

image

Kecha, 27 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda hayit bayramida ota o‘z farzandini urib, mayib qilgani aytilgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat Angren shahrida sodir bo‘lgan. Ota ikki nafar farzandini bayram munosabati bilan xiyobonga olib borgan. Ular hiyobondan aylanib qaytayotgan vaqtida katta farzandi avtomobil yo‘liga yugurib chiqishga urungan. Otasi uni ushlab qolish uchun qo‘l uzatgan. Shu vaqtda otasining qo‘li o‘g‘lining burun qismiga tegib ketib, o‘g‘lining burni qonab ketgan.

Shundan so‘ng, farzandiga katta yo‘lga chiqmaslikni uqtirayotgan otaning holati atrofdagilar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan. O‘rganish davomida voyaga yetmagan bolaning onasi ham ko‘rsatma berib, turmush o‘rtog‘i tomonidan muqaddam farzandlarini urish, tazyiq o‘tkazish holatlari sodir bo‘lmaganligini ma’lum qilgan.

Bildirilishicha, internet orqali tarqatilgan talqinlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Parkent tumanida onasini turli so‘zlar bilan haqoratlab, uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan 37 yoshli ayol 5 sutkaga qamalgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Hayit kaltak Ichki ishlar bosh boshqarmasi ota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing