Qirg‘izistonda Ramazon hayiti qachon nishonlanishi aytildi
Olam
−
10 mart 28025 1 daqiqa
Qirg‘izistonda joriy yilda Ramazon hayiti 20 mart kuni nishonlanadi. Bu haqda Qirg‘iziston musulmonlari diniy boshqarmasi xabar berdi.
“Qirg‘iziston musulmonlari diniy boshqarmasi 2026 yilgi Ramazon hayiti bayrami 20 mart kuniga to‘g‘ri kelishini ma’lum qiladi.
Ushbu qaror Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo mamlakatlar muftiyatlari huzuridagi fatvo hay’ati yig‘ilishida qabul qilingan”, deyiladi xabarda.
Bu kun mamlakatda dam olish kuni deb e’lon qilinadi.
Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) — musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyi yakunlanganini bildiruvchi eng muhim bayramdir. Bu kuni musulmonlar Hayit namozini o‘qiydi, fitr sadaqasini beradi, qarindosh-urug‘larni ziyorat qiladi va bayram dasturxoni yozadi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28