Rasman: Erondagi samolyot halokatida 176 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 8 yanvar kuni Eron poytaxti Tehrondan uchgan “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” aviakompaniyasiga tegishli samolyotning qulashi natijasida bortdagi barcha odamlar halok bo‘ldi.

Samolyot bortida 167 nafar yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 6:12 da uchgan va oradan 8 daqiqa o‘tib qulagan.

Qizil yarim oy jamiyati e’lon qilgan suratlarda samolyotning sochilib yotgan parchalarini ko‘rish mumkin. 

Ukraina TIV dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot yo‘lovchilari halok bo‘lganini tasdiqladi. Hozirda Ukrainaning Erondagi elchixonasi aviahalokada qurbon bo‘lgan ukrainaliklarning shaxsini aniqlash ishlarini boshlab yuborgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Ukraina aviahalokat

Baholaganlar

187

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing