Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

Rasman: endi IIO xodimlarining tasvirini buzib tarqatganlar jazolanadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda huquq-tartibot xodimlari xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda foto va videoga olib, ularni obro‘sizlantiradigan tarzda buzib tarqatganlar bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha jarimaga yoki 10 sutkagacha qamoq jazosiga tortiladi. Bu kecha, 20 fevral kuni qabul qilingan “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun bilan belgilandi.

Qayd etilishicha, hujjat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga 195-2-moddasi kiritilgan. Unga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xizmat vazifalarini bajarayotgan paytda olingan foto va (yoki) videotasvirini ularning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatish, shu jumladan internet jahon tarmog‘ida tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda transport vositasini mastlik holatida boshqarganlik yoki tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

jarima yo'l harakati qoidalari Ma'muriy javobgarlik huquq-tartibot xodimlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing