Rasman: bugundan Shvetsiya NATOga a’zo bo‘ldi

Olam

image

Shvetsiya 7 mart kuni rasman NATOga qo‘shildi va alyansning 32-a’zosiga aylandi. Bu haqda Oq uy bergan bayonotda ma’lum qilindi.

5 mart, seshanba kuni ertalab Vengriya Prezidenti Tamash Shuyok Shvetsiyaning NATOga a’zoligini ratifikatsiya qilish bo‘yicha hujjatni imzoladi. Shunday qilib, Vengriya Shvetsiyaning ittifoqqa qo‘shilishiga to‘sqinlik qilib, nihoyat rozi bo‘lgan NATOning so‘nggi a’zo davlati bo‘ldi.

Oq uy Shvetsiyaning alyansga kirishi AQSH va uning ittifoqchilari xavfsizligini oshirishini qayd etgan. Unga ko‘ra, NATO dunyo tarixidagi eng qudratli mudofaa ittifoqi hisoblanadi va u 75 yil avval Ikkinchi jahon urushi vayronalari ostida tuzilgan bo‘lishiga qaramay bugungi kunda ham insonlar xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

“Shvetsiya 2024 yil 7 martda alyansga rasman qo‘shildi va 32-ittifoqchiga aylandi. Shvetsiya bizning qadriyatlarimiz va dunyoqarashlarimizga monand yuqori samarali armiyaga ega kuchli demokratik davlatdir", deyiladi bayonotda.

Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 21:15 da AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson bilan uchrashadi. 11 mart kuni NATOning Bryusseldagi qarorgohida Shvetsiya bayrog‘i ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Shvetsiya Oq uy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing