Rasman: Bobomurod Abdullaga ochilgan jinoyat ishi tugatildi

Jamiyat

image

Jurnalist Bobomurod Abdulla (Abdullayev)ga nisbatan ochilgan jinoyat ishi tugatildi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

“Ustimdan ochilgan jinoiy ish tugatildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati katta tergovchisi Mansur Ergashev Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi katta inspektori O‘lmasbek Sobirov va advokatim Arslon Shaymardonov ishtirokida ma’lum qildi. Men yana ozodman”, degan Abdullayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha yerning o‘zida unga xorijga chiqish pasportini ham qaytarib berishgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi joriy yilning 12 avgust kuni O‘zbekiston so‘roviga asosan, 22.01.1993 yildagi “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Minsk Konvensiyasiga muvofiq, Bobomurod Abdullayev Qirg‘iziston Respublikasi huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olinganini xabar qilgan edi. Shundan keyin u Toshkentga yuborildi. 

Bu orada Bobomurod Abdullayevning onasi Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, o‘g‘lining aybsizligini aytadi va uni qo‘yib yuborishlarini so‘raydi. 22 avgust kuni Toshkentga olib kelingan Abdullayev xulq-atvor qoidalariga rioya qilishi to‘g‘risidagi tilxat asosida ozod qilindi

Ma’lumot uchun, jurnalist Bobomurod Abdullayev 2017 yil sentyabrda O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-bandi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi konstitutsion tizimiga qarshi tajovvuzda ayblanib hibsga olingandi.

Uzoq davom etgan tergov va sud ishidan so‘ng, ayblanuvchi Bobomurod Abdullayev Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4 bandi bilan aybdor, deb topilgan va unga 3 yil axloq tuzatish ishlarida bo‘lish tayinlangan.

Shuningdek, Abdullayevning ish haqidan 20 foizi davlat daromadiga ushlab qolinishi belgilab qo‘yilgan. 

Abdullayev 221 kun hibsda saqalanganini hisobgan olgan holda, ushbu muddat jazo muddatidan chiqarib tashlandi.

Shundan keyin Bobomurod Abdullayevni nazorat qilish uning o‘zi yashab turgan Toshkent shahridagi Yakkasaroy IIBga topshirilgan.

Keyinroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bobomurod Abdullayevga Toshkent markazidan uch xonali uy sovg‘a qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Bobomurod Abdullaev

Baholaganlar

166

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing