Bobomurod Abdullayev tilxat asosida qo‘yib yuborildi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston so‘rovi bilan Qirg‘izistonda qo‘lga olingan jurnalist Bobomurod Abdullayev O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingani haqida xabar bergan edik. Kecha, 22 avgust kuni Toshkentga olib kelingan Abdullayev xalq-atvor qoidalariga rioya qilishi to‘g‘risidagi tilxat asosida ozod qilingan. Bu haqda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi Komiljon Allamjonov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

“O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan Bobomurod Abdullayevning onasi Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi. Natijada, DXX ma’lum qilishicha, unga nisbatan belgilangan choralar Abdullayevdan munosib xulq-atvor qoidalariga rioya qilishi to‘g‘risidagi tilxatga o‘zgartirilgan”, deb yozadi Allamjonov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston RespublikasiBosh prokuraturasi joriy yilning 12 avgust kuni O‘zbekiston so‘roviga asosan, 22.01.1993 yildagi “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Minsk Konvensiyasiga muvofiq, Bobomurod Abdullayev Qirg‘iziston Respublikasi huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olinganini xabar qilgan edi. 

Ma’lumot uchun, jurnalist Bobomurod Abdullayev 2017 yil sentyabrda O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-bandi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi konstitutsion tizimiga qarshi tajovvuzda ayblanib hibsga olingandi.

Uzoq davom etgan tergov va sud ishidan so‘ng, ayblanuvchi Bobomurod Abdullayev Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4 bandi bilan aybdor, deb topilgan va unga 3 yil axloq tuzatish ishlarida bo‘lish tayinlangan.

Shuningdek, Abdullayevning ish haqidan 20 foizi davlat daromadiga ushlab qolinishi belgilab qo‘yilgan. 

Abdullayev 221 kun hibsda saqalanganini hisobgan olgan holda, ushbu muddat jazo muddatidan chiqarib tashlandi.

Shundan keyin Bobomurod Abdullayevni nazorat qilish uning o‘zi yashab turgan Toshkent shahridagi Yakkasaroy IIBga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bobomurod Abdullaev

Baholaganlar

305

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing