Rasman: benzin narxi oshirilmaydi, balki arzonlashishi kutilmoqda
Jamiyat
−
30 aprel 2023
12846Ijtimoiy tarmoqlarda 1 maydan “UNG petro” korxonasiga karashli yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida AI-92 benziniga chegirmalar yakunlanishi, benzin narxi oshishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Energetika vazirligi tashkilot ichida tarqalgan ushbu xabarni rad etib, AI-92 markali avtobenzinining narxi oshmasligini ma’lum qildi.
Bildirilishicha, 2023 yil 1 maydan boshlab “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 markali avtobenzinining narxi oshirilmaydi.
“UNG petro” MCHJ mas’ul xodimlari bu boradagi xabarni shoshma-shosharlik bilan, rahbariyat bilan kelishmasdan ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan va bu holat bo‘yicha ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ko‘rilayotgan choralar natijasida AI-92 markali avtobenzin narxi may oyi ichida 7500 so‘mdan ham arzonlashishi kutilmoqda.
LiveBarchasi