Rasman: Bayden AQSH Prezidenti bo‘ldi. Namoyishlar davom etmoqda

Olam

image

Bugun, 7 yanvar kuni Senat va AQSH Kongressi Vakillar Palatasi qo‘shma yig‘ilishda demokrat Jozef Baydenning 3 noyabr kuni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alabasini ma’qulladi. Yig‘ilishda mahalliy va xalqaro OAV tomonidan jonli efirda namoyish etildi.  

Tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, Bayden 270 dan ortiq saylovchilar ovozini olgan.Uchrashuv davom etmoqda. 

Ushbu tadbirning natijasi aslida noyabr oyidagi ovoz berish natijalarini yakunlash jarayoniga chek qo‘yishi va Amerika ma’muriyatining keyingi rahbari kim ekanligi to‘g‘risidagi munozarani tugatishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 yanvar kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish qilib, Kongress binosiga bostirib kirgan edi. Namoyishlar davom etmoqda. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor. 


Maqola muallifi

Teglar

AQShdagi to'polon

Baholaganlar

199

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing