Rasman: “Barselona” Pedri bilan shartnomani uzaytirdi
Sport
−
30 yanvar 2025 2345 1 daqiqa
Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachi Pedri bilan shartnomani 2030 yilga qadar uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” va Pedri 2030 yilgacha bo‘lgan shartnoma imzoladi. Klub jamoa o‘zagini saqlab qolish maqsadida ko‘plab futbolchilar bilan shartnomani uzaytirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Pedri “Barselona” safiga 2019 yilda kelib qo‘shilgan. Yarim himoyachi klub tarkibida joriy mavsum barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi. Futbolchining narxi “Transfermarkt” portalida 100 million yevroga baholangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Barselona” Arauxo bilan ham shartnomani uzaytirgandi.
Live
Barchasi