Arauxo “Barselona” bilan shartnomasini uzaytirdi

Sport

image

Urugvay terma jamoasi va “Barselona” klubi himoyachisi Ronald Arauxo klub tarkibida yana 6 yil to‘p tepadi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Arauxo “Barselona” bilan 2031 yilga qadar shartnomasini uzaytirdi. Uning klubda qolishiga asosiy sababchilaridan qilib murabbiy Xansi Flik ko‘rsatilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Arauxo kataloniyaliklar safiga 2020 yilda kelib qo‘shilgan. U joriy mavsum jamoa tarkibida, barcha musobaqalarda 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta assist amalga oshirdi. 25 yoshli urugvaylik futbolchining narxi “Transfermarkt” portalida 55 million yevroga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Turinning “Yuventus” klubi Arauxo uchun 50 million yevro to‘lashga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Urugvay Ronal'd Arauxo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing