Rasman: AQSH Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi
Olam
−
24 mart 2022
9550Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasiga, shuningdek, uning 328 deputatiga qarshi sanksiyalar kiritadi. Bu haqda bugun, 24 mart kuni AQSH Moliya vazirligi tomonidan tarqatilgan bayonotda aytiladi.
“AQSH Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi Davlat Dumasining 328 nafar deputatini [sanksiyalar] ro‘yxatiga kiritishdan tashqari, Davlat Dumasining o‘zini ham tashkilot sifatida kiritmoqda”, deyiladi hujjatda.
Moliya vazirligi deputatlar Donetsk xalq respublikasi va Lugank xalq respublikasi (O‘zbekiston Hukumati tomonidan tan olinmagan – tahr.) mustaqilligini tan olish orqali “Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzishga qaratilgan” harakatlarni qo‘llab-quvvatladi, deb hisoblaydi.
AQSH G‘aznachiligi Sberbank rahbari German Grefni, shuningdek, boshqa shaxslar va tuzilmalarni ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan. Qo‘shma Shtatlar Rossiya Federatsiyasining mudofaa kompleksi bilan bog‘liq bir qator korxona va kompaniyalarga qarshi sanksiyalar joriy etilishini e’lon qildi.
Oltin bilan operatsiyalar
“Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki zaxiralaridagi oltin bilan operatsiyalar sanksiyalarga duchor bo‘ladi”, deb tushuntirdi AQSH moliya vazirligi.
Bayonotda ta’kidlanganidek, agentlik Markaziy bank (Rossiya)ning Rossiya iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash va Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyani moliyalashtirish uchun xalqaro zaxiralaridan, jumladan, oltindan foydalanish imkoniyatini cheklash bo‘yicha tegishli tushuntirishlarni e’lon qildi.
“Ushbu yo‘riqnoma Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki tomonidan oltin bilan bog‘liq har qanday operatsiyalar mavjud sanksiyalarga duchor bo‘lishini aniq ko‘rsatib turibdi”, deyiladi vazirlik xabarnomasida.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 mart kuni Buyuk Britaniya hukumati ham Rossiyaning bir qancha banklari, kompaniyalari va mudofaa sektori korxonalarini “qora ro‘yxat”ga kiritdi.
LiveBarchasi