Rasman: Afg‘oniston tomondan O‘zbekistonga 5 ta snaryad kelib tushdi
Jamiyat
−
05 iyul 2022 59293 1 daqiqa
O‘zbekiston hududiga Afg‘oniston tomonidan 5 ta raketa kelib tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, holat bugun, 5 iyul kuni soat 16:20 da qayd etilgan. O‘zbekiston bilan chegaradosh hududda Afg‘oniston hududidan uchib ketgan deb taxmin qilingan beshta raketa qulagani qayd etilgan.
“Qayd etish joizki, snaryadlar tushganda portlashlar sodir bo‘lmagan, buning oqibatida qurbonlar va vayronagarchiliklar kuzatilmagan. Termiz shahridagi “Majnuntol” mahallasida joylashgan to‘rtta xususiy uyga kichik zarar yetgan, beshinchi snaryad futbol maydonidan topilgan. Topilgan snaryadlar sapyor tomonidan zararsizlantirildi”, deyiladi TIV xabarida.
Ta’kidlanishicha, hozirda O‘zbekistonning vakolatli organlari Afg‘oniston tomoni bilan birgalikda ushbu hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust