Rasman: Advokat bo‘lish uchun 2 yillik ish staji talabi bekor qilindi
Jamiyat
−
10 avgust 2023 4147 1 daqiqa
O‘zbekistonda advokatlik qilish uchun qo‘shimcha ish staji talab qilinmaydi. Bu bugun, 9 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-1-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonunida nazarda tutilgan.
Kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, advokat maqomiga ega bo‘lish istagidagi shaxs litsenziya olish uchun advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hay’atida, yuridik maslahatxonada) kamida 3 oy muddat stajirovka o‘tashi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shart bo‘ladi.
Ilgari talabgor shaxs yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lish lozim edi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 avgust kuni Senatning qirq uchinchi yalpi majlisida O‘zbekistonda advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlardan so‘raladigan kamida ikki yillik ish staji talabi bekor qilinishiga oid mavzu ko‘tarilgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr