1 avgustdan ish stajiga ega bo‘lmaganlarning nafaqa miqdori qanchaga oshishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 1 avgust kunidan ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarning nafaqa miqdori 535 ming so‘mdan 568 ming so‘mga oshiriladi. Bu haqda Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, kecha, 28 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan. 

Hujjatga ko‘ra, 2023 yil 1 avgustdan:

• zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 568 000 so‘m (oldin – 535 000 so‘m edi);
• ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – oyiga 568 000 so‘m;
• o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 568 000 so‘m;
• boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 568 000 so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun – 198 000 so‘m etib belgilanadi.

Shuningdek, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 568 000 so‘m etib belgilanib, keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, 1 maydan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 980 000 so‘m, bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 330 000 so‘m etib belgilangani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

nafaqa staj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing