1 iyuldan oshirilgan “bola puli” va boshqa nafaqa miqdorlari ochiqlandi
Jamiyat
−
27 iyul 7758 2 daqiqa
Avvalroq O‘zbekistonda 2026 yil 1 iyuldan pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 7 foizga oshirilishi haqida xabar berilgandi. Bu haqda 23 iyun kuni Prezident “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagandi.
Yangi tartibga ko‘ra, quyida mazkur to‘lanuvchi pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari ochiqlandi.
Unga ko‘ra, bolalar nafaqasi:
- 3 yoshgacha bo‘lgan bir nafar kichik farzand uchun – 386 000 so‘m;
- 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bir nafar farzand uchun – 295 000 so‘m;
- oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 177 000 so‘m;
- oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 118 000 so‘m.
Boshqa nafaqa va to‘lovlar:
- moddiy yordam – 450 000 so‘m;
- yoshga doir nafaqa – 878 000 so‘m;
- nogironligi bo‘lgan bolaning onasiga yoshga doir nafaqa – 878 000 so‘m;
- I guruh nogironlik nafaqasi – 1 209 000 so‘m;
- II guruh nogironlik nafaqasi – 1 083 000 so‘m.
Shuningdek, 2026 yil 1 iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 504 000 so‘m etib belgilangan. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori esa – 450 000 so‘m etib belgilangan.
Bundan tashqari, 2026 yil 1 sentyabrdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda joriy yilning 6 oyida o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshgani xabar berilgandi.
Live
Barchasi