O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar oshiriladi
Jamiyat
−
23 iyun 15847 1 daqiqa
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi. Bu haqda bugun, 23 iyun kuni Prezident imzolagan “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmonda so‘z boradi.
Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 7 foizga oshiriladi.
Bunda:
- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 983 000 so‘m;
- nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 083 000 so‘m;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
- 3 yoshgacha bo‘lgan 1 ta kichik farzandi uchun – 386 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 1 ta farzandi uchun – 295 000 so‘m;
- oilaning 2-farzandi uchun qo‘shimcha – 177 000 so‘m;
- oilaning 3- va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 118 000 so‘m;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 450 000 so‘m etib belgilandi.
2026 yil 1 sentyabrdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladi.
2026 yil 1 iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 504 000 so‘m etib belgilandi.
2026 yil 1 sentyabrdan:
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 360 000 so‘m;
- bazaviy hisoblash miqdori – 440 000 so‘m etib belgilandi.
Live
Barchasi