Rasman: Abdusalom Azizov DXX raisi etib tayinlandi
Jamiyat
−
11 fevral 2019
33032Avvalroq, DXX raisi Ixtiyor Abdullayev lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik. Prezident farmoni bilan DXXga yangi rais tayinlandi.
O‘zbekiston Prezidentining farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Abdusalom Azizov Davlat xavfsizligi xizmati raisi etib tayinlandi.
Abdusalom Azizov 2017 yilning sentyabridan buyon mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, Davlat xavfsizligi xizmatning sobiq raisi Ixtiyor Abdullav sog‘ligi yomonlashgani sabab o‘z lavozimini tark etdi.