Rangnikda viza muammolari paydo bo‘ldi
Sport
−
30 noyabr 2021
3519Avvalroq, Ralf Rangnik mavsumning qolgan qismida “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi sifatida faoliyat briishi haqida xabar bergan edik.
ESPN nashri xabariga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis viza olishda muammolarga duch kelmoqda va katta ehtimol bilan, u joriy yilning dekabr oyi o‘rtalaridagina jamoani bevosita boshqarishi mumkin.
Rangnik 2019 yildan beri murabbiylik qilmagani, u avtomatik tarzda Buyuk Britaniyada ishlash uchun ruxsat ololmagani bois, endi bu masala yuzasidan Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan tayinlangan mustaqil komissiya tekshiruvidan o‘tadi.
Garchi ESPN ma’lumotlariga ko‘ra, bu holatda viza olish rasmiyatchilik bo‘lsa-da, protsedura vaqti tufayli “Qizil iblislar”bazasiga yetib kelmaguncha jamoa o‘yinida bosh murabbiy sifatida qatnasha olmasligi ehtimoli yuqori.