Rangnik uchun 10 millionlik missiya: Xolandni MYUga olib kelishmoqchi 

Sport

image

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi va mavsum oxirida klub maslahatchisi bo‘lishi kutilayotgan mutaxassis Ralf Rangnikka Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Xollandni sotib olish topshirig‘i berildi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, germaniyalik mutaxassis norvegiyalik hujumchini “Manchester Yunayted”ga o‘tishga ko‘ndira olsa, 10 million yevro miqdorida bonus oladi.

Rangnik “Red Bull” xoldingining barcha klublari futbol siyosatini boshqargan davrda Xoland ushbu kompaniyaga tegishli “Zalsburg” safida to‘p tepgan.

Eslatib o‘tamiz, Erling Xolandning “arilar” bilan shartnomasi 2022 yilning yozida o‘z yakuniga yetadi va uning tovon puli 75 million yevro qilib belgilangan. “Real Madrid” esa futbolchi jamoasini tark etgan taqdirda, uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli hujumchi joriy mavsumda Bundesliganing 7 ta o‘yinida maydonga tushgan va 10 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Borussiya Dortmund Real Madrid Erling Xoland Man Yunayted Rangnik

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing