Ramzan Qodirovning buyragi hasta – “Bild”
Olam
−
04 mart 2023 15170 1 daqiqa
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning buyragi kasal bo‘lishi mumkin. Bu haqda Germaniyaning “Bild” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ramzan Qodirovning oxirgi paytlardagi chiqishlari uning sog‘lig‘ida muammolari borligini ko‘rsatgan. So‘nggi bir necha oy ichida u juda ko‘p vazn yig‘gan, yuzi shishgan. Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan videolarida ham ko‘pincha u ko‘zlarini yumib gapirgan.
Manbaga ko‘ra, yuqoridagi holatlarning barchasi uning buyragida muammo borligini anglatadi. Shuningdek, muhojirlikda yashayotgan Checheniston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Ahmad Zakayev ham shunday da’vo qilgan. U Moskvadagi shifokorlarga ishonmagani uchun Chechenistonga Birlashgan Arab Amirliklaridan doktor olib kelgani aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Abu-Dabidagi Burjil kasalxonasi buyraklar bo‘limi bosh shifokori, 40 yillik tajribaga ega doktor Yasin El-Shahat Qodirovni davolash uchun Grozniyga uchib ketgan. Shuning uchun ham Qodirov Putinning 21 fevral kuni Moskvadagi nutqida ishtirok eta olmagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Putinning ham kasal ekani xabar qilingandi. Uning parkinson xastaligi bilan og‘rigani, shuningdek, oxirgi paytlarda samolyotda emas, zirhli poyezdda harakatlanayotgani aytilgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust