Ramzan Qodirov o‘lim to‘shagida – OAV
Olam
−
01 iyul 2023
91837Bir qator Telegram-kanallarda Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning buyragi ishdan chiqqani va hozirda o‘lim to‘shagida yotgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.
Jumladan, chechen muxolifatchisi, Abu-Saddam Shishani taxallusi bilan tanilgan Tumso Abdurahmonov o‘zining Telegram-kanalida birinchi bo‘lib bu haqida xabar bergan.
“Qodirovning o‘layotgani va endi gapirmayotgani haqida xabarlar kelmoqda. Uning buyraklari ishdan chiqqan, dializ yordam bermayapti”, deb yozadi u.
Abdurahmonov, shuningdek, kasallik oqibatida Qodirovning vafot etishi mumkinligini ham istisno qilmagan.
“Ehtimol, bu uning oxirgi kunlaridir”, deya qo‘shimcha qiladi muxolifatchi.
Qodirovning og‘ir xasta bo‘lishi mumkinligiga ishora qiluvchi yana bir holat shuki, u bir necha kun oldin Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Shimoliy Kavkaz respublikalari rahbarlari bilan o‘tkazgan konferensiyasida ham qatnashmagan.
Shuningdek, u noodatiy tarzda xalqini Qurbon hayiti bilan tabriklamagan. Qodirovning o‘rniga uning jiyani Hamzat Qodirov uning tabrigini yetkazib, amakisi Moskvada xizmat safarida ekanini aytgan.
Tumso Abdurahmonovga ko‘ra, Qurbon Hayiti bayrami arafasida Ramzan Qodirov Rossiya Prezidenti Ishlar ma’muriyatining Markaziy klinik shifoxonasida davolanayotgan bo‘lgani ehtimoli mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yana bir taniqli chechen arbobi Adam Delimxonovning ham halok bo‘lgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Biroq, keyinchalik bu xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi.
LiveBarchasi