Qodirovning “o‘ng qo‘li” Ukrainadagi janglardan birida qattiq yaralandi

Olam

image

Ukraina Telegram-kanallari Rossiya Davlat Dumasi deputati, Rosgvardiyaning chechen bo‘limi boshlig‘i hamda Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning yaqin hamkori Adam Delimxonov Ukrainadagi janglardan birida halok bo‘lgani haqidagi xabarlarni tarqatdi. Rossiya Davlat Dumasi buni rad etib, Delimxonov qattiq yaralangani, biroq hali tirik ekanini ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, biroz avval Ukraina Telegram-kanallari mamlakat Qurolli kuchlari safida jang qilayotgan siyosatshunos Kirill Sazonovga tayanib, Qodirovning ittifoqchisi Zaporoje viloyati Primorsk shahrida o‘ldirilgani haqida xabar bergan. “Zvezda” nashrining Davlat Dumasiga tayanib, xabar berishicha, Delimxonov qattiq yaralangan, ammo tirik. Biroq uning qanday sharoitda yaralangani va voqea qayerda sodir bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Delimxonov “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning “Axmat” maxsus harbiy bo‘linmasi frontda nima qilayotganiga “tushunmayotganini” aytganiga javoban uni yuzma-yuz “gaplashib” olishga chaqirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qodirov Adam Delimxonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing