Ramzan Qodirov 21 yashar qizini medal bilan mukofotladi

Olam

image
0:00
0:00
download
Ramzan Qodirovning qizini Mirziyoyevning qizi va kuyovi kutib oldi (foto) north_east

Ramzan Qodirovning qizini Mirziyoyevning qizi va kuyovi kutib oldi (foto)

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qizi, Grozniy maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Xadijat Qodirova “Checheniston Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandi. Bu haqda Checheniston rahbari va hukumati ma’muriyati rahbari Galas Taymasxanov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Qadrdon akam, Checheniston Respublikasi rahbari, Rossiya Qahramoni Ramzan Axmatovich Qodirov nomidan bugun men Grozniy shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i Xadijat Ramzanovnaga maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, benuqson vijdonli mehnati uchun “Checheniston Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” medalini topshirdim”, deb yozgan rasmiy va mukofot Checheniston rahbarining farmoni bilan berilganligini ta’kidlagan.

Taymasxonovning so‘zlariga ko‘ra, Xadijat Qodirova ushbu lavozimga tayinlanganidan so‘ng “shahardagi maktabgacha ta’lim sohasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bergan”.

Xadijat Qodirova 2020 yil dekabr oyida Grozniy maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan edi. O‘sha paytda u 20 yoshda edi. Bungacha Qodirovning qizi Grozniydagi “Ertaknamo qal’a” bolalar bog‘chasi rahbari bo‘lib ishlagan.

Chechenistonda boshqa rahbarlik lavozimlarida ham Ramzan Qodirovning yaqinlari ishlaydi. Xususan, uning boshqa qizi Oyshat respublika Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, Xas-Magomed Qodirovning yana bir qarindoshi Grozniy meri.

BBC Rus xizmatining 2018 yildagi hisob-kitoblariga ko‘ra, Chechenistondagi 158 nafar yuqori martabali amaldorning 30 foizi respublika rahbarining qarindoshlari, 23 foizi qishloqdoshlari, yana 12 foizi Checheniston rahbarining do‘stlari va ularning qarindoshlaridir.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

154

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing