Ramzan Qodirov 17 yoshli o‘g‘liga soliq yig‘ish nazoratini topshirdi

Olam

image
Ramzan Qodirov Alla Pugachyovani “xalq dushmani va sotqin” deb atadi north_east

Ramzan Qodirov Alla Pugachyovani “xalq dushmani va sotqin” deb atadi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining 17 yoshli o‘g‘li Adam Qodirovga munitsipal tashkilotlarning mol-mulk solig‘i to‘lanishini nazorat qilishni topshirdi. Bu haqda Ramzan Qodirov o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Adam Qodirov nazoratni qay tarzda amalga oshirishi va nima uchun unga bunday mas’uliyat yuklangani aytilmagan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning fevral oyi oxirida hali voyaga yetmagan Adam Qodirovga Arab arbitraj sudi a’zosi guvohnomasi umrbod muddatga berilgan. Ushbu sud Arab davlatlari ligasi huzuridagi organ bo‘lib, tijoriy va iqtisodiy nizolarni, shu jumladan, davlatlararo nizolarni hal etish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, Adam Qodirovga “Liviya faxriy mehmoni” medali topshirilgan. Bu mukofot Checheniston delegatsiyasining Misrga tashrifi chog‘ida berilgan.

2024 yilning oktyabr oyida Adam Qodirov Rossiya rekordlar kitobiga kiritilib, Rossiya hududi rahbarining eng yosh xavfsizlik xizmati boshlig‘i sifatida qayd etilgan. O‘shanda u 16 yoshda edi. U otasining xavfsizligini ta’minlash bo‘limi rahbari lavozimiga 2023 yilning oxirida, 15 yoshida tayinlangan. 2023 yilning aprelida esa Vladimir Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlar universitetining kuratori bo‘lgan.

2023 yilda Adam Qodirov Chechenistonda tashkil etilgan va Baysangur Binoyevskiy nomi bilan ataluvchi Rossiya Mudofaa vazirligining maxsus bataloni kuratori lavozimiga tayinlangan.

2025 yilda esa 17 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov Ichki ishlar vazirligining mintaqaviy boshqarmasi kuratori etib tayinlangan. Avgust oyining oxirida u “Checheniston Respublikasining himoyachisi” medali bilan taqdirlandi.

Kichik Qodirov tergov izolyatorida Qur’onni yoqishda ayblanayotgan Nikita Juravelni kaltaklaganidan so‘ng yuqori lavozim va mukofotlar ola boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 17 yoshli o‘g‘li, Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi Adam Qodirov berilayotgan mukofotlarga munosib ekanini aytgandi. Qodirov o‘g‘li allaqachon boy tajriba va bilimga ega ekanini, biroq o‘g‘il sifatida unga qo‘yiladigan talablar bir necha baravar yuqori ekanini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Adam Qodirov soliq yig'ish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing