Qodirovning 17 yoshli arzandasi yana medal oldi (video)
Olam
−
25 avgust 6573 2 daqiqa
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 17 yoshli o‘g‘li, Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi Adam Qodirov “Checheniston Respublikasining himoyachisi” medali bilan taqdirlandi. Bu haqda Ramzan Qodirov o‘zining Telegram sahifasida yozdi.
Qayd etilishicha, Adam Qodirov taktik otish bo‘yicha kuch tuzilmalari o‘rtasida o‘tkazilgan chempionatning yakuniga – g‘oliblarni taqdirlash marosimiga borgan.
Qodirovning yozishicha, g‘oliblarni taqdirlab bo‘lgach, Adam Qodirovning o‘zi ham Ichki ishlar vaziri Aslan Irasxanov qo‘lidan “Checheniston Respublikasining himoyachisi” medali bilan mukofotlangan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning fevral oyi oxirida hali voyaga yetmagan Adam Qodirovga Arab arbitraj sudi a’zosi guvohnomasi umrbod muddatga berilgan. Ushbu sud Arab davlatlari ligasi huzuridagi organ bo‘lib, tijoriy va iqtisodiy nizolarni, shu jumladan, davlatlararo nizolarni hal etish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, Adam Qodirovga “Liviya faxriy mehmoni” medali topshirilgan. Bu mukofot Checheniston delegatsiyasining Misrga tashrifi chog‘ida berilgan.
2024 yilning oktyabr oyida Adam Qodirov Rossiya rekordlar kitobiga kiritilib, Rossiya hududi rahbarining eng yosh xavfsizlik xizmati boshlig‘i sifatida qayd etilgan. O‘shanda u 16 yoshda edi. U otasining xavfsizligini ta’minlash bo‘limi rahbari lavozimiga 2023 yilning oxirida, 15 yoshida tayinlangan. 2023 yilning aprelida esa Vladimir Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlar universitetining kuratori bo‘lgan.
2023 yilda Adam Qodirov Chechenistonda tashkil etilgan va Baysangur Binoyevskiy nomi bilan ataluvchi Rossiya Mudofaa vazirligining maxsus bataloni kuratori lavozimiga tayinlangan.
2025 yilda esa 17 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov Ichki ishlar vazirligining mintaqaviy boshqarmasi kuratori etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Adam Qodirovning to‘yi munosabati bilan u va oilasini tabriklagandi. Checheniston rahbari Putinning tabrigini butun oila vakillari bilan samimiy qarshi olgani va bu uchun Rossiya Prezidentidan minnatdor ekanini bildirgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr