“O‘t ochish vaqti keldi”. Ramzan Qodirov G‘arb davlatlari haqida keskin bayonot berdi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berayotgan va turlicha qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlarga harbiy yo‘l bilan javob qaytarishga chaqirdi. Bu haqda u bugun, 18 iyul kuni o‘zining Telegram-kanalida yozdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, piyoda askarlar mamlakat Prezidenti Vladimir Putinning buyrug‘i bilan istalgan ko‘rsatilgan yo‘nalishda harakatlanishga tayyor. Checheniston rahbari “NATO ortiga yashirinib, hech tortinmasdan, ochiqchasiga va tap tortmay” Ukrainaga qurol, ma’lumotlar va boshqa turdagi yordamlarni taqdim etayotgan davlatlardan boshlash zarar qilmasligini bildirgan.

“Agar ularning o‘zlari Rossiya sodir bo‘layotgan voqealarni sabr bilan va qo‘l qovushtirib kuzatib turmasligini hech tushuna olishmayotgan bo‘lsa, demak, buni ularga shunchaki hammabop, tushunarli tilda aytib berish vaqti keldi. Portlovchi modda hidini sezishlari bilan, Kalashnikov ovozi va T-90 tanklarining taqillashini eshitishlari bilan hamma narsani darrov tushunib yetadilar va haqiqatga qaytadilar. O‘t ochish vaqti keldi, vassalom!” deb yozdi Qodirov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya hozirgi vaqtda tinch aholi orasida minimal yo‘qotishlar bilan ehtiyotkor jangovar harakatlar olib bormoqda.

“Ammo jangovar mashinamizning tormozlarini qo‘yib yuborishimiz bilan barcha g‘arb yetakchilari o‘zlarining chuqur uzrlarini izhor qilish uchun navbatga tiziladilar”, deydi Ramzan Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putin Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov bilan Kremlda uchrashuv o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing