Britaniya Ukrainaga mingdan ortiq dron va qöşimça raketalar yetkazib beradi
Olam
−
10:42 160 2 daqiqa
Buyuk Britaniya Ukrainaga 1 mingdan ortiq uzoq masofaga uçuvçi zarbdor dron yetkazib beradi. Ular front çiziğidan ança uzoqdagi nişonlarga zarba beriş imkoniyatiga ega. Bu haqda RBK xabar berdi.
Qayd etilişiça, qiymati 341,4 million dollar bölgan yangi harbiy yordam paketi bugun, 19 noyabr kuni Berlinda ötkaziladigan “Köngillilar koalitsiyasi“ uçraşuvida e’lon qilinadi. Bu haqda Britaniya Boş vaziri Endi Bernem ma’lum qiladi.
Yordam paketi tarkibidagi zarbdor dronlar oğir jangovar kallaklarni olib yuriş imkoniyatiga ega. Şuningdek, Britaniya Ukrainaga dengiz, logistika va razvedka uçun möljallangan uçuvçisiz apparatlarni ham yetkazib beradi. Ular frontdagi bölinmalarni ta’minlaşda ham qöllanadi.
“Biz Ukraina özini Rossiya hujumlari va muhim infratuzilmaga muntazam berilayotgan zarbalardan himoya qila olişi uçun barça imkoniyatlarni işga solamiz“, degan Bernem.
Bundan taşqari, Britaniya Ukrainaga qöşimça yengil köp maqsadli raketalar yetkazib berişni ham boşlagan. London ma’lumotiga köra, hamkorlar kömagida Ukraina tomonidan reaktiv dronlarni urib tuşiriş körsatkiçi sentyabr oyi boşidagi 30 foizdan taxminan 70 foizga oşgan.
Avvalroq, Britaniya Mudofaa vazirligi Ukrainaga 240 million funt sterlinglik yordam paketi doirasida 1 mingdan ortiq qisqa masofali zenit raketalari, uçiriş qurilmalari va 12 dan ortiq radar yetkazib berişini bildirgan edi. Yetkazib beriş dekabr örtalarida boşlanişi rejalaştirilgan.
Oktyabr oyida esa Britaniya Ukrainaga qöşimça 10 milliard funt sterling (13,29 milliard dollar) iqtisodiy va harbiy yordam ajratişini e’lon qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişga mablağ ajratişni töxtatişi haqida xabar berilgan edi. Şuningdek, Bolgariya ham Ukrainaga harbiy yordamni töxtatişini ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi