Ramazonda musulmon davlatlariga borgan sayyohlar nimalarni bilishi kerak?

Bu qiziq

image

So‘nggi paytlarda odamlarda musulmon mamlakatlarga sayohat qilish qiziqishi sezilarli darajada oshdi. Turkiya, Malayziya, Indoneziya ... Xo‘sh, bu kabi musulmon mamlakatlariga aynan Ramazon oyida bormoqchi bo‘lgan sayyohlar nimalar haqida bilishi kerak?

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarida ko‘plab musulmonlar yashaydi. Shu boisdan, Ramazon oyida ushbu mamlakatlarda aksariyat restoranlar va boshqa ovqatlanish joylari kun davomida yopiladi yoki ish jadvalini o‘zgartiradi. Ushbu mamlakatlarning markazlarida spirtli ichimliklarni topish ham qiyinroq bo‘ladi.

Shuningdek, Ramazon oyida ba’zi sayyohlik ob’ektlari ish jadvalini o‘zgartiradi. Muzeylar ertalabdan tushlikkacha yoki quyosh botganda faoliyat yuritishi mumkin.

Hindiston va Malayziya kabi mamlakatlarda ham ko‘plab musulmonlar istiqomat qiladi. Ammo u yerda aholining ko‘pchiligi hinduizm, buddizm, nasroniylik dinidagilarni tashkil qiladi. U yerda istalgan vaqtda oziq-ovqat va spirtli ichimliklarni topish mumkin. Sayyohlik joylari odatdagi jadvalga muvofiq ishlaydi.

Turkiya va Indoneziya ham musulmon davlatlar sirasiga kiradi. Ramazon oyida Turkiyaning yirik shaharlarida sayyohlar biznes odatdagidek ishlayotganini ko‘rishi mumkin. U yerda ham oziq-ovqat va spirtli ichimliklarni topish oson. Biroq bu holat mamlakatning juda kichik, turistik bo‘lmagan shaharlarida istisno qiladi.

Indoneziyada ba’zi restoranlar kun davomida yopilishi mumkin. Mamlakatning Bali viloyatida aholining aksariyati hindular bo‘lganligi sababli, Ramazon bu yerga deyarli ta’sir qilmaydi.

Oziq-ovqat mavzusini davom ettirib, shuni ta’kidlash kerakki, ko‘pgina musulmon mamlakatlarda Ramazon oyida ko‘chada yoki jamoat joyida ovqatlanish tavsiya etilmaydi degan yozilmagan qoida mavjud. Kunduzi ishlaydigan ba’zi kafe va restoranlar ro‘zadorlarni yo‘ldan ozdirmaslik uchun derazalarni zich pardalar bilan yopadi. Sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan xos mehmonxonalar esa odatda o‘z xodimlari ro‘za tutsa ham, xizmat ko‘rsatishni to‘xtatmaydi.

Ramazonda quyosh botganda tashqarida suv va yengil gazak (xurmo kabi) tarqatayotgan ko‘ngillilarni ko‘rish ajablanarli holat emas. Uzoq ro‘za kuniga tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘plab musulmonlar bomdodga erta turadi. Shundan so‘ng ular quyosh botguncha hech narsa yemaydi va suv ichmaydi.

Iftor — Ramazon oyida kechki ovqat. Ba’zi mamlakatlarda (masalan, Misrda) iftorlik umumiy ravishda ko‘chada o‘tkaziladi. Iftorlik ko‘pincha xayriyaviy bo‘lib, yozilgan dasturxonga har qanday inson qo‘shilishi mumkin.

Musulmonlar kechki ovqatdan zavqlanayotganda, ko‘plab do‘konlar yopiladi. Bu sayyoh bilishi kerak bo‘lgan yana bir jihat. Aytgancha, iftor paytida sayohatchilar ilgari juda gavjum bo‘lgan, ammo o‘sha paytda bo‘shab qolgan joylarda yurish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘lishi mumkin.

Ramazon tinchlik va sukunat davri, shuning uchun omma oldida baqirish va g‘azablanishdan, ayniqsa qo‘pol so‘zlar yoki imo-ishoralardan qochishga harakat qilish kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Ramazon sayyohlar sayohat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing