JDU bilan Yaponiya sari ilk qadam

Biznes

Atrofi orollar-u tog‘lar bilan o‘ralgan mamlakatga sayohat qilishga nima deysiz? Bir emas, naqd 6 800 dan ortiq orollari bor davlatda mehmon bo‘lish, dunyodagi eng katta va gavjum piyodalar o‘tish yo‘lini sinab ko‘rish, sakura gullashiga guvoh bo‘lishga-chi? Ha, topdingiz, bu madaniyati, taomlari, chiroyli tabiati va animelari bilan dunyoga tanilgan Yaponiya!

E sayohat qayerda, o‘qishga kirish kerak, safarga esa pul yo‘q deysizmi? JDU sizga ham o‘qish, ham Yaponiyaga sayohat qilish imkonini beradi. Zo‘r-a, ham o‘qitadi, ham o‘z hisobidan talabalarni Yaponiyaga jo‘natadi.

Universitetda Yaponiyaga borish uchun ikkita imkoniyat mavjud. Birinchisi, boshlang‘ich kursda faol talabalar safida Yaponiyaga 1 haftalik sayohat yo‘llanmasini yutib olish, ikkinchisi esa yarim yil davomida Yaponiya kompaniyalarida amaliyot o‘tash.

Bugungi kunda IT sohasiga qiziqadigan yoshlar juda ko‘p. Bu ham zamon talabi, ham dasturchilarga to‘lanadigan katta maosh bilan bog‘liq. Ammo bunday oylikka ega bo‘lish uchun yirik kompaniyalar bilan shartnomani qo‘lga kiritish kerak. Bu esa ancha qiyin jarayon. JDU esa talabalarga nafaqat Yaponiya kompaniyalarida amaliyot o‘tash, balki ushbu davrda qilingan ishlar uchun pul olish imkonini yaratib beradi.

Ta’lim dasturi esa butunlay o‘zgacha. Bu yerda sun’iy intellektdan o‘qituvchi sifatida ham foydalaniladi. Shuningdek, JDU Yaponiyadagi 5 ta universitet bilan hamkorlik shartnomasini imzolagan. Shuning uchun bu yerda talabalarga bir emas, 3 ta diplom beriladi: ham Yaponiya, ham JDU, ham Jahon tillari universitetining diplomi.

“JDU’da O‘zbekistonda turib  Yaponiyadagi 5 ta hamkor universitetlardan birining diplomini qo‘lga kiritish mumkin. Japan Digital University 5 ta Yaponiya universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ular Otemae universiteti, Tokyo Tsushin universiteti,  Sangyonouritsu universiteti, Kyototachibana universiteti, Niigatasangyo universitetlari. O‘zbekistonda turib ushbu 5 ta universitetning birida onlayn o‘qib, Yaponiya universiteti diplomini qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud. Bu Yaponiyada ish faoliyatini olib borishda asqatadi”, deydi Yaponiya hamkor universitetlar bo‘lim rahbari Hirofumi Kusaka.

JDU’da o‘qish uchun IT yoki yapon tilini bilish shart emas. Barchasi universitetning o‘zida o‘rgatiladi.

Bu yerda butunlay Yaponiya atmosferasiga tushib qolasiz. Zamonaviy kampus, keng kovorking zonalar. 

Eng muhimi, universitetni bitirib, oliy ma’lumotli “shofyor” bo‘lmaysiz. JDU ishga joylashtirish kafolatini beradi.

Shuningdek, universitetda hozirda 5 ta grant o‘rni o‘z sohiblarini kutmoqda. Faqatgina grant taqsimlash bu universitetda boshqa oliygohlardan biroz farq qiladi. Unga ko‘ra, abituriyent 2 ta talabga javob berishi kerak: 

  • Birinchisi, ijtimoiy himoyaga ehtiyoji bor bo‘lishi kerak;
  • Ikkinchisi, JDU kirish imtihonlaridan yuqori ball to‘plagan bo‘lishi kerak.

Universitet dasturiy ta’minot muhandisi, kompyuter grafikasi va dizayn, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida talabalarni qabul qiladi. Eslatib o‘tamiz, universitetga qabul hali ham davom etmoqda. Ammo muddat oz qoldi. Shoshiling! Yaponiya kutib turmaydi!

JDU ichki imtihonlariga hujjat topshirish uchun

Murojaat uchun telefon: 71-200-05-95

Telegram - JDU UNIVERSITY

Instagram - JDU.UZ

Facebook -  JDUNIV

YouTube - JAPANDIGITALUNIVERSITY

Website - JDU.UZ


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya diplom talabalar sayohat Universitet IT anime JDU sakura

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made