O‘zbekistonga eng ko‘p qaysi davlatdan sayyohlar kelmoqda?
Jamiyat
−
20:01
24612024 yilning yanvar-oktyabr oylarida qariyb 6,5 mln chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 951,3 ming nafarga yoki 17,2 foizga oshgan.
Joriy yilning o‘tgan 10 oyida O‘zbekistonga kelgan sayyohlar mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- Tojikiston – 1 878,5 ming nafar;
- Qirg‘iz Respublikasi – 1 870,3 ming nafar;
- Qozog‘iston – 1 267,5 ming nafar;
- Rossiya – 686,7 ming nafar;
- Turkmaniston – 145,0 ming nafar;
- Turkiya – 95,7 ming nafar;
- Xitoy – 57,7 ming nafar;
- Hindiston – 55,9 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 36,5 ming nafar;
- Italiya – 36,3 ming nafar;
- boshqa davlatlar – 366,6 ming nafar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p turistik maqsadlarda Qirg‘izistonga borgani aytilgandi. Statistika agentligiga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,4 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 890,5 ming nafarga yoki 35,7 % ga oshgan.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi