Venetsiyada sayyohlarga kirish to‘lovi joriy qilinadi

Olam

image

Italiyaning Venetsiya shahar ma’muriyati 2025 yildan boshlab shaharga tashrif buyurishning odatiy formatini o‘zgartiradi. Bu haqda “Forbes” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, keyingi yildan boshlab sayyohlar uchun 10 yevroni tashkil etadigan kirish to‘lovi joriy etilishi rejalashtirilgan. Bu qaror ommaviy turizmga qarshi kurash va madaniy-me’moriy merosni asrab-avaylash doirasida qabul qilingan. To‘lov Venetsiyaga faqat bir kunga tashrif buyurgan sayyohlardan olinadi. Doimiy yashovchilar va mehmonxonada qolish uchun joy band qilganlar esa to‘lovdan ozod qilinadi. Shu tariqa shahar hokimiyati aholi gavjumligidan aziyat chekayotgan mashhur sayyohlik hududlaridagi sayyohlar sonini kamaytirishga intilmoqda.

To‘lov miqdori mavsumga va turistlar oqimining zichligiga qarab farq qiladi. Misol uchun, yirik tadbirlarda tashrif buyuruvchilar oqimini nazorat qilish uchun to‘lovlar oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, yig‘ilgan mablag‘larning bir qismi shahar infratuzilmasini yaxshilashga yo‘naltiriladi.

Nashrga ko‘ra, ommaviy turizm uzoq vaqtdan beri Venetsiya uchun muammo bo‘lib kelgan. Har yili millionlab odamlar shaharga tashrif buyuradi, bu esa infratuzilmaning yomonlashishiga olib keladi va mahalliy aholi uchun noqulaylik tug‘diradi. Yangi to‘lov sayyohlarni bir necha kun qolishga ham undashi kerak, bu esa mehmonxona sanoatiga qo‘shimcha daromad keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UNESCO Venetsiyani xavf ostidagi Jahon merosi ro‘yxatiga qo‘shishni tavsiya qilgandi va Italiyani yetarlicha choralar ko‘rmayotganlikda ayblagandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Italiya sayyohlar Venetsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing