Ramazonda ehtiyojmandlarga 1 mlndan moddiy yordam beriladi
Jamiyat
−
21:17 1685 1 daqiqa
O‘zbekistonda Ramazon oyi munosabati bilan ehtiyojmand aholiga moddiy yordam beriladi. Bu haqda Prezidentning bugun, 17 fevral kuni qabul qilingan “Muborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.
Qarorga ko‘ra, quyidagi toifadagi shaxslarga 1 mln so‘mdan 1 martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:
- Ijtimoiy reyestrning “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oilalarga;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestridagi fuqarolarga;
- yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalarga.
Ijtimoiy reyestrning “kambag‘al oila” toifasidagi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatdagi ehtiyojmand oilalarga 500 ming so‘mdan 1 martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi.
Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning 6 ming nafar bemor a’zolarining davolanishi va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab beriladi.
2026 yil 1 martga qadar ro‘yxat asosida oilalarning ijtimoiy karta yoki bank plastik kartalariga bir martalik moddiy yordam o‘tkazib beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq avvalroq O‘zbekistonda Ramazon oyida ehtiyojmand aholi uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 750 milliard so‘m hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali 300 milliard so‘m ajratilishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi