Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga 220 mln sömgaça pul beriladi
Jamiyat
−
11:20 424 2 daqiqa
Özbekistonda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan aholiga yetkazilgan zararni baholaş va qoplaş mexanizmi belgilandi. Bu haqda hukumatning joriy yil 3 noyabrdagi 606-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni baholaş va qoplaş tartibi töğrisida”gi nizomda nazarda tutilgan.
Hujjatga muvofiq, texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar qatoriga transport avariyalari va halokatlari, kimyoviy xavfli hamda yonğin-portlaş xavfi mavjud ob’ektlardagi hodisalar, energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar, şuningdek, bino konstruksiyalarining tösatdan buzilişi kabi holatlar kiradi.
Bunday vaziyatlar oqibatida jabrlanganlarga yetkazilgan zarar ayrim hollarda tuman va şahar hokimliklari huzuridagi maxsus jamğarma hisobidan qoplanadi. Bu quyidagi holatlarga taalluqli:
- sud tomonidan favqulodda vaziyat uçun aybdor şaxslar aniqlanguniga qadar bölgan davrda;
- belgilangan muddatda aybdor deb topilgan yuridik şaxslar yoki ularning mansabdor şaxslari zararni töliq qoplay olmagan hollarda.
Zararni qoplaş uçun jabrlangan fuqarolar favqulodda vaziyat sodir bölgan kundan boşlab 30 kun içida belgilangan şakldagi arizani töldirib, tegişli komissiyaga taqdim etişi lozim.
Şuningdek, komissiya dalolatnomasi asosida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimlarining qarorlari bilan jabrlanganlarga bir martalik moddiy yordam ajratiladi. Tölovlar aybdor deb topilgan yuridik şaxslar yoki ularning mansabdor şaxslari hisobidan amalga oşiriladi.
Moddiy yordam miqdori jabrlaniş holatiga qarab belgilanadi. Jumladan:
- favqulodda vaziyat oqibatida halok bölgan fuqarolarning oila a’zolari (turmuş örtoği, farzandlari, ota-onalari va qaramoğidagi şaxslar) uçun har bir oila a’zosiga teng uluşda BHMning 500 baravarigaça;
- oğir tan jarohati olgan fuqarolarga BHMning 200 baravarigaça;
- örtaça oğirlikdagi tan jarohati olganlarga BHMning 150 baravarigaça;
- yengil tan jarohati olganlarga BHMning 100 baravarigaça miqdorda bir martalik moddiy yordam tölanadi.
Live
Barchasi