Ramazon oyining boshlanish sanasi e’lon qilindi
Olam
−
04 mart 2024 100874 1 daqiqa
Tojikistonda muborak Ramazon oyi joriy yilning 11 martidan boshlanishi e’lon qilindi. Bu haqda bugun, 4 mart kuni mamlakat Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining taqvimi ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Tojikiston Ulamolar kengashi Astrofizika instituti xulosasi asosida muborak oyni boshlashga qaror qilgan.
Kengash shuningdek, fitr sadaqasi, zakot puli va ro‘za tuta olmaganlar uchun fidya miqdorini ham chamalagan.
Oldinroq, Rossiya Musulmonlar idorasi ham muborak oyning boshlanish sanasini 11 mart etib belgilagandi.
Sarvar Xurramov
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr