Ramazonda ko‘plab afg‘onistonliklar oziq-ovqatsiz qolmoqda

Olam

image

Ramazon oyida Afg‘onistonda millionlab odamlar oziq-ovqat ta’minotisiz qolmoqda va ularning ko‘pchiligi qayerdan yegulik topishni bilmaydi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarmasiga (OCHA)  tayanib, “Ariana News” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, hozirda Afg‘onistonda 14,8 million odam oziq-ovqat tanqisligidan aziyat chekmoqda. Bu borada 3,1 million kishi favqulodda vaziyat yoqasiga kelib qolgan. Shuningdek, BMT agentligi insonparvarlik yordami talab qilayotgan odamlar soni ortib borayotgan bir paytda mablag‘ning qisqarayotganidan xavotir bildirgan.

OCHA ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda yordamga muhtojlarga zarur bo‘lgan 1,9 milliard dollar mablag‘dan atigi 9,9 million dollari ajratilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarmasi xalqaro hamjamiyatni Afg‘oniston xalqiga yordamni davom ettirishga chaqirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan Afg‘oniston aholisini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, zarur oziq-ovqat hamda dori-darmon vositalari shaklidagi jami 9 vagondan iborat “Salomatlik” tibbiy-sanitar yordami Afg‘onistonga yuborilgan edi. Insonparvarlik yuklari Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Transport va Tashqi ishlar vazirliklari, shuningdek, “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ mutasaddilari tomonidan yetkazib berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston oziq-ovqat ta'minoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing