Ramazon hayitida metro qanday tartibda ishlashi aytildi
Jamiyat
−
27 mart
24612025 yil Ramazon hayiti ayyomi kunida metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin harakatni boshlaydi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayyom munosabati bilan bayram kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
30 mart Ramazon Hayiti ayyomi kunida metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, ya’ni soat 04:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi va poyezdlar harakati intervali shanba kuni uchun belgilangan jadval asosida tashkil etiladi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan qo‘shimcha dam olish kunida (31 mart) metro poyezdlari intervali yakshanba kuni uchun tasdiqlangan grafik asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2025 yil 30 mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi. O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan 2 kun dam oladi.
LiveBarchasi