Raqibim penaltini qanaqa tepishini oldindan o‘rganmagandim – Abduvohid Ne’matov

Sport

image

Parij Olimpiadasining futbol bahslaridan o‘rin olgan O‘zbekiston-Ispaniya uchrashuvida penaltini qaytargan “oq bo‘rilar” posboni Abduvohid Ne’matov uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

“Afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. Biz bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. O‘zbekistondan kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan barchadan minnatdorman. Muxlislarning yordami bilan ajoyib atmosferada to‘p tepdik, biroq ozroq omad yetishmadi. Oldimizda 2 ta o‘yin bor. Ispaniya bilan o‘yindan to‘g‘ri xulosalar chiqargan holda, keyingi o‘yinlarga tayyorlanamiz. Raqibim penaltini qanaqa tepishini oldindan o‘rganmagandim. To‘pga kelishidan xulosa qilib, zarbani qaytarishga erishdim.  Jamoamizni ochko olishiga o‘z hissamni qo‘shmoqchi edim, ammo nasib bo‘lmadi. Ikkinchi golda himoyachilar ko‘pligi bois, to‘pni ko‘rolmay qoldim”, deydi Ne’matov.

23 yoshli Abduvohid Ne’matov O‘zbekiston-Ispaniya bahsining 60-daqiqasida darvozasiga belgilangan penaltini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi, biroq oradan biroz vaqt o‘tgach ispanlar baribir o‘yindagi ikkinchi golini kiritib, yakunda g‘alabaga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ham jamoaning mag‘lubiyatiga munosabat bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Olimpiada Abduvohid Ne'matov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing