Raqib jamoa muxlisiga tupurgan futbolchi jazolandi

Sport

image

Angliyaning “Byornli” jamoasi yarim himoyachisi Hannibal Mejbri joriy yilning 18 oktyabr kuni “Lids” muxlislariga tupurgani uchun to‘rt o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va 15 ming funt sterling jarimaga tortildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

22 yoshli Mejbri Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) tomonidan nomaqbul xatti-harakatlarda ayblanganini tan oldi va joriy yilning 30 dekabr kuni jamoasining Premer-liga doirasidagi “Nyukasl”ga qarshi uy o‘yinigacha maydonga qayta olmaydi.

Voqea joriy yilning 18 oktyabr kuni “Byornli” “Lids” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinning 67-daqiqasida sodir bo‘lgan. Lankashir politsiyasi “Lids” muxlisi tomonidan qilgan shikoyatni o‘rganib, masalani tartibga solish komissiyasiga yuborgan.

“O‘yinchi o‘yinning qoidalarini buzgan va nomaqbul harakat qilgan, u 67-daqiqada “Lids” muxlislariga tupurish orqali haqoratomuz va noo‘rin xatti-harakatlar qilganini tan oldi. Tartibga solish komissiyasi tinglovdan so‘ng uni to‘rt o‘yinga diskvalifikatsiya qildi va 15 ming funt sterling jarima jazosi tayinladi”, deyiladi FA bayonotida.

Ushbu diskvalifikatsiya tufayli Mejbri jamoasining “Nyukasl”, “Fulxem”, “Bornmut” va “Everton”ga qarshi o‘tkaziladigan o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

Mejbri “Byornli” safida barcha musobaqalarda 50 o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. Tunislik yarim himoyachi 2024 yil avgustida “Manchester Yunayted”dan 9,4 million funt sterling evaziga “Byornli” jamoasi safiga kelib qo‘shilgan edi.

Ma’lumot uchun, hozirda “Byornli” jamoasi Premer-liga turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

diskvalifikatsiya “Byornli” Hannibal Mejbri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing