Raisiyning fojiaviy vafoti bo‘yicha dastlabki xulosalar e’lon qilindi

Olam

image

Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi Prezident Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot halokatini tergov qiluvchi qo‘mitaning dastlabki hisobotini e’lon qildi.  

Hujjatda aytilishicha, vertolyot rejalashtirilgan yo‘nalish bo‘yicha bo‘lgan va belgilangan parvoz yo‘lidan chiqmagan. Halokatdan taxminan bir yarim daqiqa oldin uchuvchi yana ikkita vertolyot uchuvchilari bilan bog‘langan va ular suhbatida shubhali hech narsa sezilmagan. Halokatga uchragan vertolyot qoldiqlarida o‘q izlari yoki boshqa tashqi ta’sirlar topilmagan, u tog‘ bilan to‘qnashgan va yonib ketgan. 

Hozirda tergov davom etmoqda. Qo‘mita ta’kidlaganidek, ba’zi tafsilotlarni o‘rganish uchun ko‘proq vaqt talab etiladi.

Ma’lumot uchun, 19 may kuni Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatida Eron Prezidenti o‘tirgan vertolyot halokatga uchradi. Unda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, Sharqiy Ozarbayjon viloyati hokimi Malik Rahmati va Tabriz shahrining imomi Muhammad Ali Ale Hoshem ham bo‘lgan. Halokatda vertolyotning barcha yo‘lovchilari va ekipaj a’zolari halok bo‘lgan. 

Eronning amaldagi vitse-prezidenti Muhammad Moxber vaqtinchalik Eron Prezidenti bo‘lishi ma’lum qilingandi. Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Bageri Kani esa sobiq tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon vafotidan keyin vaqtinchalik tashqi ishlar vaziri vazifani bajaruvchi etib tayinlandi. Mamlakat parlamenti Ichki ishlar qo‘mitasi raisi Muhammad Solih Jokar Eronda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari kelasi 50 kun ichida bo‘lib o‘tishi kerakligini aytdi. Respublika saylov shtabining matbuot kotibi Muhsin Islomiy Eronda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 28 iyun kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Eron oliy diniy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy Prezident Ibrohim Raisiy va uning hamrohlari vertolyot halokatida vafot etgani munosabati bilan 5 kunlik motam e’lon qildi


Maqola muallifi

Teglar

Ibrohim Raisiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made