Rafinya Husanovning jamoadoshiga aylanishi mumkin
Sport
−
22 yanvar 2025 3944 1 daqiqa
Angliyaning “Manchester Siti” klubi "Barselona"ning braziliyalik hujumchisi Rafinyaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “TEAMtalk” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” Rafinyani o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun 100 million yevro sarflashga ham tayyor. Braziliyalik futbolchi uchun Londonning “Arsenal” klubi ham da’vogarlar ro‘yxatida qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Rafinya joriy mavsum “Barselona” safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining kataloniyaliklar bilan tuzilgan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Siti” braziliyalik himoyachi Vitor Reysni o‘z safiga qo‘shib olgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi28 mart
28 mart