Rafael Nadal jahon rekordini o‘rnatdi
Sport
−
02 Oktabr 2021
3427Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal o‘ziga xos rekord sohibiga aylandi. Bu haqda Professional tennis assotsiatsiyasi (ATP) rasmiy sayti xabar berdi.
Gap shundaki, tennischi 6000 kundan buyon jahon tasnif jadvalining o‘ntaligida muqim o‘rin egallab turibdi. Nadal 2005 yilning 25 aprelida kuchli o‘ntalikka kirgan va hech qachon undan chiqib ketmagan.
“Men bu yoshda tennisni tashlab, oilam davrasida bo‘laman, deb o‘ylardim. Yoshligimda, esa 30 yoshga qadar faoliyatimni yakunlashga amin edim. Biroq men hamon shu yerdaman”, deya ushbu holatni izohladi 35 yoshli raketka ustasi.
Eslatib o‘tamiz, tennisdagi faoliyatini 2001 yilda boshlagan Rafael Nadal “Katta dubulg‘a” turkumidagi turnirlarda 20 marta, Olimpiya o‘yinlarida esa 2 marta g‘alaba qozongan.
LiveBarchasi