Rafahga hujum sabab AQSH Isroilga uch mingdan ortiq bomba yetkazib berishni to‘xtatdi

Olam

image

AQSH hukumati aprel oyining oxiri – may oyining boshida Isroilga 3,5 ming bomba yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda bugun, 8 may kuni manbalariga tayanib, “The New York Times” xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, AQSH Prezidenti Jo Bayden 1,8 ming 2000 funtlik bomba va 1,7 ming 500 funtlik bomba yetkazib berishni G‘azo sektori janubidagi milliondan ortiq tinch aholi yashaydigan Rafah shahriga hujumda qo‘llanilishi mumkinligidan qo‘rqib, to‘xtatib qo‘ygan. NYT manbalarining ta’kidlashicha, AQSH ma’muriyati kelajakda qurol-yarog‘, jumladan, nishonga olish yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yishni ko‘rib chiqmoqda.

Isroil rasmiylari 5 may kuni “Axios” nashriga Qo‘shma Shtatlar qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yganini aytgan. Biroq NYT amerikalik amaldorlar SAXALning Rafahdagi operatsiyasi haqidagi birinchi xabarlar paydo bo‘lishidan oldin buni brifinglarda yoki shaxsiy tarzda tasdiqlashdan bosh tortganini yozdi.

“AQSH hukumati tarixan Isroilga yirik harbiy yordam paketlarini taqdim etgan. 2023 yil 7 oktyabrdagi voqealardan keyin ta’minot kuchaygan”, deya ta’kidlaydi “Associated Press”.

HAMASning Isroilga hujumidan so‘ng SAXAL G‘azo sektorida harbiy operatsiya boshladi. G‘azo sektori janubidagi Misr bilan chegaradosh Rafah operatsiya davomida Isroil harbiylari tomonidan ishg‘ol qilinmagan oxirgi shahar bo‘ldi. AQSH rasmiylari Isroilning Rafahga hujumiga bir necha bor qarshilik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 may kuni xalqaro tashkilotlar va ko‘plab davlat rahbarlarining ogohlantirishiga qaramay, Isroil Rafahda quruqlikdagi operatsiyani boshlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing