Rafah chegara punkti qisman ochildi
Olam
−
02 fevral 3223 1 daqiqa
Bugun, 2 fevral kuni G‘azoning tashqi dunyoga chiqish darvozasi hisoblangan Rafah chegara punkti ikki yillik tanaffusdan so‘ng qisman qayta ochildi. Bu haqda Isroil xavfsizlik xizmatiga tayanib, “Anadolu” xabar berdi.
Nazorat punkti orqali harakatlanish Yevropa Ittifoqining Chegara yordam missiyasi (EUBAM) vakillari nazorati ostida cheklangan rejimda amalga oshiriladi.
Bugun, 2 fevral kuni chegaradan 50 nafar falastinlik G‘azoga, 50 nafari esa Misrga o‘tishi kutilmoqda. Ta’kidlanishicha, G‘azoga kirish va chiqish uchun faqat Isroil rasmiylaridan ruxsat olinadi.
Xabarlarga ko‘ra, ertadan har kuni taxminan 150 nafar falastinlik G‘azo sektorini tark etadi va 50 nafar kishi hududga kirish imkoniga ega bo‘ladi.
Isroil gumanitar yordam va og‘ir texnika tashiyotgan minglab yuk mashinalarining G‘azoga kirishini ataylab to‘sib qo‘yishda davom etmoqda, bu esa gumanitar inqirozni yanada kuchaytirmoqda.
G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi va xalqaro tashkilotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, 4000 dan ortiq bolalar bo‘lgan 16 500 dan ortiq yarador aholi chet elda davolanishni kutmoqda. G‘azoda tibbiy yordamning yo‘qligi sababli 1000 dan ortiq falastinliklar vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rafah chegara punkti ochilishi haqida xabar berilgan edi.
Jamshidbek Amirov
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr